Pike sotib oladigan klub nomi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
12 dek 2018
"Barselona" himoyachisi Xerard Pike yaqin vaqt ichida futbol klubini sotib oladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Ispaniyaning beshinchi darajali ligasida ishtirok etuvchi "Andorra" klubi Pike tomonidan xarid qilinadi.

Himoyachining asosiy maqsadi yuqori divizionda qatnashadigan jamoa yaratish.

Oldinroq, Pike futbol klubi sotib olmoqchi ekanligini aytgan edi.

"Andorra"ga 1942 yilda asos solingan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diari Andorra