Pike "Barselona"dan kyetishni rejalashtirmayapti

Sherzod Nurmatov
20 sen 2022
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike jamoani tark etish niyatida emas, deya xabar berdi "Marca".

Manbaga ko'ra, futbolchi ayni damda markaziy himoyachilar ro'yxatida Ronald Arauxo, Erik Garsiya, Andreas Kristensen va Jyul Kundedan keyin beshinchi o'rinni egallab turganiga qaramay, asosiy tarkib uchun kurashmoqchi.

35 yoshli Pike joriy mavsum "Barselona" safida 2 ta o'yinda maydonga tushib, jami 135 daqiqa o'ynadi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca