Peres Zidanga PSJ futbolchisini taklif qilgan

Mirjalol Normatov
17 may 2018, 21:46
"Real" prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanga PSJ yarim himoyachisi Yulian Drakslerni taklif qilgan.

Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, 24 yoshli germaniyalik futbolchining o'yinlarini "Real" kuzatib borgan. Peres esa uning transferi uchun 60 mln evro ajratishga tayyor.

Bu mavsumda Draksler PSJ tarkibida barcha turnirlarda 47 uchrashuvda qatnashib, 5 gol urdi va 10 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo