Peres Chempionlar ligasi va LaLigadagi g'alaba uchun "Real" futbolchilariga 50 mln. evro vada qildi

Aslanov Jasurbek
15 may 2017, 16:49
Agar "Real" Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasi g'olibiga aylansa, "Qirollik klubi" futbolchilari katta mukofot puliga ega bo'lishadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Real" prezidenti Florentino Peres ikki turnirdagi muvaffaqiyat uchun futbolchilarga 50 mln. evro vada qildi. "Qirollik klubi" rahbari jamoa sardori Serxio Ramos va himoyachi Marselo bilan uchrashib, bu ikki g'alabaning muhimligi haqida suhbatlashdi.

Agar jamoa muvaffaqiyatga erishsa, klubning 24 futbolchisi va bosh murabbiy Zinedin Zidan 2 mln. evrodan mukofot puli olishadi. Yana 3 mln. evro "Qirollik klubi" xodimlariga bo'lib beriladi.

"Real" joriy mavsumda Chempionlar ligasidan 39,7 mln. evro ishlab oldi. Agar ular finalda ham g'alaba qozonishsa, yana 15 mln. evro "Real" hisobiga o'tkaziladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bernabeu Digital