

Portugaliya terma jamoasi o'z maydonida guruh yetakchisi Shveytsariya termasini qabul qiladi. Eslatib o'tamiz, mehmonlar bu bosqichda hali umuman ochko yo'qotishmagan, hamda Ronaldu va jamoasini 3 ochkoga ortda qoldirishmoqda. Mezbonlarni bu o'yinda faqat g'alaba qanoatlantiradi. Shundagina ular Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon Chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma sohibiga aylanadilar.
Portugaliya termasi markaziy himoyachisi uchrashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Jahon Chempionatini Ronaldusiz tasavvur qila olmayman. Ha, kelajakni avvaldan aytib bo'lmaydi. Nima bo'lishini faqat yaratgan biladi, ammo shunisi aniqki, bizni o'ta muhim o'yin kutib turibdi. Butun Portugaliya bizga ishonadi va qo'llab-quvvatlaydi. Shveytsariya bilan bahsda vatan obro'si, muxlislar xursandchiligi uchun ham g'alaba qozonmoqchimiz", deydi Pepe.




