Pep Klopp va Mourinyuga javob qaytardi

Alisher
15 iyul 2020, 13:22
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Yurgen Klopp va Joze Mourinyuning moliyaviy feyr-pley haqidagi gaplariga munosabat bildirdi.

"Liverpul" murabbiyi "Siti"ning evrokuboklardan chetlatilishi haqida gapirar ekan, shunday dedi: "Kechagi kun yaxshi bo'lmadi. Agar boy klublar va mamlakatlar xohlagan ishlarini qilishsa, bu vaziyatni og'irlashtiradi".

Mourinyu CAS'ning qarorini "sharmandalik" deb atadi va aytdi: "MFP o'lgan. Yaxshisi cirkning eshigini ochib qo'ying, hamma xursandchilik qilsin.

"Agar ular gaplashmoqchi bo'lishsa, men shu yerdaman.

Uch mustaqil hakamlarning qarori aniq edi. Ammo, ular xohlashsa, mening telefon raqamim bor, ular qo'ng'iroq qilishlari mumkin va men hammasini tushuntiraman. Bu umuman muammo emas.

Ammo, biz bu haqda juda ko'p gapirishimiz kerak emas deb o'ylayman, chunki qaror qabul qilindi. Biz tozamiz", - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: skysports.com