Pedri vadasida turib, mo'ylov qo'ydi

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2024, 01:30
Pedri Ispaniya terma jamoasining Evrodagi g'alabasidan so'ng soch turmagini o'zgartirdi va mo'ylov qo'ydi.

Ispaniyalik turnir boshlanishidan avval musobaqada g'alaba qozonsa mo'ylov o'stirishga vada bergan edi.

Ispaniya terma jamoasi Evro-2024 finalida Angliyani 2:1 hisobida mag'lub etdi. Pedri chorak finalda olgan jarohati tufayli hal qiluvchi bahsda ishtirok eta olmadi.

Bugun "Barselona" yarim himoyachisi quyidagi so'zlari yozilgan suratni e'lon qildi: "Vadalar bajarilishi kerak".

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/stories/pedri/