"Paxtakor" yoshlari mavsumni g'alaba bilan yakunlashdi

Aslanov Jasurbek
18 noya 2017, 18:32
"Paxtakor" rasmiy sayti klubning yoshlari mavsumni yakunlaganini e'lon qildi.

"Nasaf"ni safarda 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan "Paxtakor" yoshlari mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashdi.


Uchrashuvni hujumkor ruhda boshlagan jamoamiz dastlabki o'n daqiqada ikki gol urdi. Jo'raev dastlab Sadillaevning to'p oshirishidan keyin hisobni ochgan bo'lsa, keyin Sadillaevning o'zi darvozabon xatosidan unumli foydalandi. Bo'lim oxiriga qadar yoshlarimizdan Sindarov, Mahmudhojiev va Jo'raev qulay imkoniyatlarni ko'kka sovurishdi. Mezbonlardan Zoirov juda qulay 3 vaziyatda noaniq harakat qildi.


Keskin kechgan ikkinchi bo'limda "Nasaf" Sag'dillaevning aniq zarbasi evaziga hisobni qisqartirdi. O'yin oxirigacha g'alabali natijani saqlab qolgan "Paxtakor" yoshlari mavsumni yutuq bilan tugatishdi.


Oxirgi turda "Bunyodkor" "Lokomotiv" maydoni ochko yo'qotsa, yoshlar jamoamiz chempionlikni qo'lga kiritadi" - deyiladi saytda chiqqan xabarda.


"NASAF" - "PAXTAKOR" - 1:2 (0:2)

Hakam: Shuhrat Rajabov (Buxoro).

"Nasaf": U.Ergashev, Mannonov, Saidov, Zoirov (Botirov, 78), Muhiddinov, G'aybullaev, Nasrullaev, Mozgovoy (Sag'dullaev, 54), Alijonov, Rashidxonov, Narzullaev.

"Paxtakor": B.Ergashev, Asqarov, N.Yo'ldoshev, Jo'raev (G.Ahmedov, 63), Hakimov, Sadillaev (G'anixonov, 90+3), Sindarov, Mahmudhojiev (Saidazimov, 84), Rahimov, Ahmadov (Ermamatov, 90+5), Yusupov (I.Yo'ldoshev 65).

Gollar: Jo'raev, 7 - 0:1. Sadillaev, 9 - 0:2. Sag'dillaev, 62 - 1:2.

Ogohlantirishlar: Sindarov, 44. Mannonov, 45+1. Mozgovoy, 52. Hakimov, 62. Ahmadov, 66. I.Yo'ldoshev, 69. U.Ergashev, 77.

Chetlatishlar: Sindarov, 49. Mannonov, 51.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pakhtakor.uz