"Paxtakor" Qatarda ikkinchi mashg'ulotini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2018, 07:56
"Al-Garafa"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rayotgan "sherlar" Doxada ikkinchi mashg'ulotini o'tkazishdi.

"Al-Garafa" stadioni ichida joylashgan maydonda o'tkazilgan mashg'ulotni futbolchilar Laslo Yambor boshchiligida chigalyozda mashqlar bilan boshlashdi. Shundan keyin Shota Arveladze o'yinchilarni ikki tarkibga ajratgan holda o'yin davomida qo'llaniladigan turli uslublarni qo'llash ustida shug'ullantirdi. Mashg'ulotda Doxaga hozircha yetib kelgan 19 nafar futbolchining barchasi ishtirok etdi.

29 yanvar kuni uchrashuv oldidan rasmiy tadbirlar o'tkaziladi. Toshkent vaqti bilan 14:00da o'yindan avvalgi yig'ilish, 15:00da esa matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Rasmiy mashg'ulot soat 21:00da boshlanishi mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz