Eshitdik-da! "Paxtakor" hujumchisi "Neftchi"ga transfer qilindi. Farg'ona klubi qancha pul to'ladi?

Aslanov Jasurbek
12 fev 2021
"Neftchi" qishki transferlar oynasi vaqtida tarkibiga yana bir yangi futbolchini qo'shib oldi.

Selekciya ishlarida faollikni qo'ldan boy bermayotgan "Neftchi" jamoasi "Paxtakor" hujumchisi Ulug'bek Hoshimovni transfer huquqini sotib oldi. Futbolchi yangi mavsumni farg'onaliklar safida boshlaydi. Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Neftchi" Hoshimov uchun 200 million so'm to'lagan. 

Ma'lumot o'rnida takidlash joizki, Ulug'bek Hoshimovga o'tgan mavsum "Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze bitta o'yinda imkoniyat taqdim qildi. Superliga 23-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" bilan kechgan uchrashuvning 85-daqiqasida maydonga tushgan va 6 daqiqa o'ynagandi. Shuningdek, iqtidorli forvarda ayni damda O'zbekiston U-20 terma jamoasi a'zosi ham hisoblanadi. 



Reklama




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia