4 fevral, payshanba kuni "Paxtakor" nazorat bahsida "Sho'rtan"ga qarshi maydonga tushadi.
Mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "sherlar" Qibrayda "Sho'rtan" bilan bellashadi. Uchrashuv soat 12:30da boshlanadi. Jamoamizning mavsum boshlangunga qadar "Mashal" va "So'g'diyona"ga qarshi nazorat bahslari o'tkazishi ham mo'ljallangan.