Pavlyuchenko: "Smolov faoliyatini yakunlayversa bo'ladi"
28 iyun 2020, 22:27
Rossiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Roman Pavlyuchenko "Selta" forvardi Fyodor Smolovning La Liga 32-turida "Barselona" (2:2) darvozasiga urgan goliga izoh berdi.
"Fyodor - ajoyib. "Real Madrid" va "Barselona" darvozasini ishg'ol qilish oson emas. Endi u faoliyatini yakunlayverishi mumkin. Boshqa jamoalarga gol urishi shart emas".