Paragvay ustozi: "Mourinyoni Gvardioladan ustun ko'raman"
Aslanov Jasurbek
12 iyun 2015, 17:43
Paragvay bosh murabbiyi Ramon Dias "Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyoni "Bavariya" ustozi Xosep Gvardiola bilan solishtirdi.
"Menga ikkala murabbiy ham yoqadi, ammo Mourinyoni ustun ko'raman, chunki u natija uchun o'ynaydi. Bu ikki mutaxassisning uslubi bir-birinikiga o'xshamaydi va men Mourinyoni tanlayman" - deydi Dias.