O'zbekistonlik hakamlar ilk bor Turkiyada yig'in o'tkazmoqda

Narzulla Saydullayev
2 fev 2015, 12:13
O'zbek klublari mavsum oldidan xorijda yig'in tashkil etishi odat tusiga kirib bormoqda.
Bu yil O'FF hakamlar departamenti tashabbusi bilan o'zbekistonlik hakamlar ilk bor xorijda yig'in o'tkazishmoqda. Bu yig'in doirasida hakamlarimiz Turkiyada o'tkaziladigan o'rtoqlik uchrashuvlarida ishlashadi va o'z tajribalarini oshirishadi. Barcha xarajatlarni O'FF qoplaydi.

Quyidagi 10 nafar bosh hakam Turkiyadagi yig'inni boshlab yuborishdi: Vladislav Seytlin, Olim Tolibjonov, Hasan Ro'ziev, Temur To'xtasinov, Rustam Bobomurodov, Baxtiyor Namozov, Aziz Asimov, Dmitriy Pisligin, Marat Muhammedov.

Ular bilan birga 17 nafar qanot hakami yig'inda ishtirok etmoqda.

Osiyo Kubogida ishtirok etgan Ravshan Ermatov va Abdulhamidillo Rasulov esa ertaga Turkiyaga yetib borishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia