O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun Qatarga uchib ketdi

Narzulla Saydullayev
2 okt 2013, 08:19
Aleksey Evstafeev qo'l ostidagi 1995 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat O'zbekiston U-19 yoshlar termasi saralash bahslarida ishtirok etadi.
U-19 Osiyo chempionati-2014 saralashi A guruhida O'zbekistonga Hindiston, Nepal, Turkmaniston va Qatar raqib bo'ladi.

U-19 Osiyo chempionati-2014 saralashi A guruhi o'yinlari Qatarda o'tkaziladi. O'yinlar 4-12 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi. O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Qatardagi saralash bahslariga 23 nafar futbolchini jalb etgan.

Saralash bahslarida ishtirok etish uchun O'zbekiston U-19 termasi 2 oktyabr kuni Toshkent – Dubay – Doha yo'nalishida parvoz qiladi. O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi mahalliy vaqt bilan 8:15da Toshkentdan Dubayga uchib ketadi. Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia