O'zbekiston - Yaponiya 2:3 (Foto)

Omonjon To`xtamirzayev
6 sen 2013, 10:44
Kecha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yaponiyalik tengqurlariga qarshi kechgan bahsda imkoniyatni boy berdilar.

Aslini olganda hisob o'yinga mos bo'ldi. Yaponiya yoshlar terma jamoasining o'yiniga nafaqat yoshlarimiz, balki boshqa terma jamoalarimiz ham havas qilsalar arziydi. Kechagi o'yin esa 2-3ta voqea bilan bizning yodimizda qoladigan bo'ldi. Biri Rogovanov ikkita to'p kiritib terma jamoamizni 2:0 hisobida oldinga olib chiqqani bo'lsa, ikkinchisi Mirjalol Qosimovning kenja farzandi, Mirjamol Qosimov ota izidan borib 4-raqamda terma jamoamizni sardor sifatida maydonga boshlab tushdi. Yaponlar darvozasiga kiritilgan birinchi gol ham otasining uslubida bo'ldi. Huddi bir paytlar Qosimov jarima zarbasidan to'pni yo darvoza to'riga, yo jarima maydonchasi ichiga tashlab berganidek, Mirjamol ham to'pni to'g'ri Rogavanov turgan nuqtaga aniq etkazib bera oldi. Yana bir holat, 1993 yillarda tug'ilgan yoshlar terma jamoasi futbolchilarining soyasida qolib ketayotgan Zabihullo O'rinboev, nihoyat o'ziga tegishli bo'lgan terma jamoadan joy oldi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia