O'zbekiston U17 – Marokash U17 – 0:0. Statistikaga nazar

Narzulla Saydullayev
22 okt 2013, 14:00
BAAda bo'lib o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati tobora qizg'in pallaga kirib bormoqda.
Kecha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi guruhdagi ikkinchi o'yinini Marokash termasiga qarshi o'tkazib, uchrashuvda hisob ochilmadi. Quyida o'yin statistikasiga oid bazi ma'lumotlarni keltirib o'tamiz.

Zarbalar. O'zbekiston o'smirlari butun o'yin davomida raqib darvozasi tomon 4ta zarba berishdi va shundan bittasi darvoza tomon aniq bordi. Marokashlik ftubolchilar esa 11ta zarba yo'llab, shundan ikkitasi darvoza sari aniq yo'naldi va har ikkala zarbada ham Sarvar Karimov mahorat ko'rsatdi.

Qoida buzilish. Futbolchilarimiz kechagi bellashuvda 14 marta o'yin qoidasini buzishdi, raqib futbolchilari esa 16 marta qo'pollik sodir etishdi.

Burchak to'plari. Burchak to'plarini amalga oshirish bo'yicha har ikkala jamoa bir xil ko'rsatkich qayd etdi – 2 martadan.

O'yindan tashqari holat. O'zbekistonlik o'smirlar 3 marta o'yindan tashqari holatda qolgan bo'lishsa, marokashlik futbolchilar biror marta ham “ofsayd”da qolishmadi.

Kartochkalar. O'yinda bosh hakam tomonidan 2ta sariq kartochka ko'rsatildi va har ikkisi ham Marokash termasi vakillariga berildi. Qizil kartochka ko'rsatilmadi.

To'p bilan muomala. To'pni o'zida saqlab turish va umuman to'p bilan muomala bo'yicha Marokash termasi sal ustunlikka ega bo'ldi – 55% ga 45%.

Aktual o'ynalgan vaqt. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 26 daqiqa davomida o'yinda aktual harakatda bo'lishdi. Marokash termasining faol harakat qilgan daqiqasi esa 32ni tashkil qildi.

X.Xoliqov tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia