O'zbekiston U-19. Shomurodov va Shukurov Armanistonga boradi

Narzulla Saydullayev
6 iyun 2014, 12:01
O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 9 iyun kuni navbatdagi yig'inini o'tkazish uchun Armaniston poytaxti Erevanga uchib ketadi.
1995 va undan keyingi yillarda tug'ilgan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 12 va 14 iyun kunlari Erevanda Armaniston U-19 yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Ushbu xorij yig'iniga "Mashal" klubidan ham ikki futbolchi jalb etildi. Armanistonda Otabek Shukurov va Eldor Shomurodov terma jamoamiz bilan birga bo'ladi. Ikki futbolchimiz ham bugun "Navbahor"ga qarshi uchrashuvdan so'ng Toshkentga jo'nab ketadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi oktyabr oyida Myanmada tashkil etiladigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslariga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Musobaqa final bosqichida O'zbekistonning yosh futbolchilari V guruhida Avstraliya, BAA va indoneziyalik tengqurlariga qarshi bahs olib boradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz