O'zbekiston U-19 - Avstraliya U-19. Hamrobekov bugun maydonga tushmaydi

Narzulla Saydullayev
14 okt 2014
Bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Avstraliyaga qarshi o'ynaydi.
Bu uchrashuvda Ravshan Haydarov himoyachi Odilbek Hamrobekovning xizmatlaridan foydalana olmaydi. Sababi futbolchi birinchi turda Indoneziyaga qarshi o'yinda olgan jarohatidan tuzalmadi. Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia