O'zbekiston terma jamoasi bugun "Jar"da mashg'ulotlarni boshlaydi

Narzulla Saydullayev
28 avg 2013, 10:15
Xabar berganimizdek, O'zbekiston terma jamoasi bugun, 28 avgust kuni yig'in boshlaydi.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, bugungi mashg'ulotlarda 15 nafar mahalliy futbolchilar ishtirok etishadi. Dastlabki mashg'ulotlar bugun "Jar" stadionida soat 18:00da boshlanadi.

Legionerlar dam olish kunlari o'z klublari safida tur o'yinlarini o'tkazib yurtimizga yetib kelishadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 6 sentyabr kuni safarda Iordaniyaga qarshi o'ynaydi. 10 sentyabr kuni esa Toshkentda javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia