O'zbekiston terma jamoasi Dubayda ilk mashg'ulotini o'tkazdi
Narzulla Saydullayev
19 fev 2020, 13:34
Vadim Abramov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi BAAda yig'inni boshladi.
Birlashgan arab amirliklaridagi yig'inda terma jamoamiz a'zolari ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazishadi. Bugun kuning birinchi qismida futbolchilar trenajer zalida mashg'ulot qilishdi.