O'zbekiston Superkubogi uchrashuvi Jar stadionida o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
17 fev 2014, 17:05
Futbol bo'yicha 2014 yilgi O'zbekiston Superkubogi uchrashuvi 7 mart, juma kuni soat 15:00da boshlanadi.
Toshkentdagi Jar stadionida bo'lib o'tadigan uchrashuvda 2013 yilgi O'zbekiston chempioni va Kubogi sohibi Bunyodkor o'tgan mavsum vice-chempioni Lokomotivga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o'tamiz, bungacha faqat bir marta O'zbekiston Superubogi uchrashuvi o'tkazilgan bo'lib, 1999 yili Farg'onada bo'lib o'tgan uchrashuvda 1998 yilgi O'zbekiston Kubogi sohibi Navbahor 1998 yilgi O'zbekiston chempioni Paxtakorni 4:2 hisobida mag'lub etgan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz