O'zbekiston – Kuvayt uchrashuvini kimlar sharhlab boradi?

Sherzod Nurmatov
9 okt 2025
Bugun O'zbekiston terma jamoasi oktyabrdagi FIFA kunlari doirasida ilk o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

Raqib Kuvayt terma jamoasi bo'lib, bu O'zbekiston ustozi Fabio Kannavaro uchun debyut sanaladi. 

Ma'lumotlarga ko'ra, mazkur bellashuvni "Sport" telekanalida Eldor Mustafoev va Abror Jo'raqulovdan iborat tandem sharhlab boradi. Ruscha sharhda esa Otabek Jo'raev faoliyat olib boradi.

Eslatib o'tamiz, o'rtoqlik uchrashuvi 18:00 da "Olimpiya" stadionida start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia