O'zbekiston kubogi. 1/8 finalda "Andijon" 1375 km masofaga safar qiladi

Narzulla Saydullayev
18 apr 2018, 21:55
Bugun O'zbekiston kubogi 1/8 finaliga qur'a tashlash marosimi bo'ib o'tdi.

Bu bosqichda jamoalar bitta o'yin o'tkazishadi. Mazkur bahslar 29-30 may kunlari bo'lib o'tadi.

Nimchorak finalda eng kam masofani "Neftchi" bosib o'tadi. Jamoa Qo'qonga boradi va atiga 91,3 km yo'l yuradi. "Andijon" esa 1375 km masofani bosib o'tib, Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida "Orol" bilan o'ynaydi.

1/8 final juftliklari (mehmon jamoa bosib o'tadigan masofa):

“Qo'qon-1912” - “Neftchi” (91,3 km)
“Dinamo” - "Qizilqum" (172,7 km)
"Bunyodkor" - "So'g'diyona" (201,8 km)
"Iftixor" - "Paxtakor" (288,4 km)
"Lokomotiv" - "Sherdor" (307,5 km)
"Mashal" - "Surxon" (353,8 km)
AGMK - "Nasaf" (442,6 km)
"Orol" - "Andijon" (1375 km)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia