O'zbekiston fevral oyida Livan bilan o'ynashi mumkin

Narzulla Saydullayev
14 dek 2015
O'zbekiston milliy terma jamoasi keyingi yilning fevral oyida Livan bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkin.

O'FF Livan futbol Federatsiyasiga qishning oxirgi oyida BAAda o'zaro o'yin o'tkazish bo'yicha taklif bilan chiqqan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston JCH-2018 saralashi doirasida 24 martda Filippin va 29 mart kuni Bahrayn bilan o'ynaydi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia