O'zbekiston - BAA. O'yinoldi matbuot anjumani 11:30da boshlanadi

Narzulla Saydullayev
3 mar 2014, 17:17
5 mart kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston - BAA uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani ertaga bo'lib o'tadi.
"Bunyodkor" stadioni matbuot anjumanlari zalida bo'lib o'tadigan tadbir 4 mart kuni soat 11:30da boshlanadi.

O'yinoldi matbuot anjumanida BAA terma jamoasi bosh murabbiyi Mahdi Ali va bir futbolchi, O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va bir futbolchi ishtirok etishadi.

Bundan tashqari, 4 mart kuni ikkala terma jamoa o'yinoldi rasmiy mashg'ulotni o'tkazishadi. Uning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia