Osiyo Kubogining rasmiy to'pi tanishtirildi

Xabaringiz bor, kelasi yilning yanvar oyida Avstraliyada navbatdagi Osiyo Kubogi o'tkaziladi.
Musobaqa 9 yanvardan start oladi. Dastlabki uchrashuv Avstraliya hamda Quvayt o'rtasida bo'lib o'tadi. Yaqinda Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo Kubogi-2015ning rasmiy to'pi namoyishi bo'lib o'tdi.

To'p “Nike” firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. To'pni yig'ilganlarga OFK vice-prezidenti Abdulloh Ibn Sulton Ahmad Shox namoyish etdi: “Osiyo chempionati bundan 58 yil muqaddam yo'lgan qo'yilgan edi, shundan beri musobaqaning saviyasi ortda, g'olib chiqishni xohlaydigan jamoalar soni ko'paydi. O'ylaymanki, bu safargisi yanada qiziqarli kechadi”.


Manba: championat.asia