Osiyo kubogi. Bugun dastlabki yarim final juftligi aniqlanadi

Khoja
2 fev 2024, 07:52
Bugun Qatarda Osiyo kubogining chorak final uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Birinchi chorak final bahsida qo'shnilarimiz Tojikiston terma jamoasi Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi. Ikkinchi bahsda esa Avstraliya Koreya Respublikasiga qarshi bahs olib boradi. Ilk uchrashuv soat 16:30 da start oladi, ikkinchi bahs esa 20:30 da.

Eslatib o'tamiz, ushbu bahs g'oliblari 6 fevral kuni yarim final bahsida o'zaro to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia