Osiyo Kubogi bo'lib o'tadigan 6ta stadionda ta'mirlash boshlandi

Xayrulla Xoliqov
13 iyul 2020, 10:38
Ma'lumki, 2023 yilgi Osiyo Kubogi Xitoyda bo'lib o'tadi.

Qitaning eng nufuzli musobaqasiga ajratilgan oltita stadionda qayta ta'mirlash ishlari boshlandi. Bundan tashqari Chongking, Ksiyan, Ksiamen, Suju, Shanxay va Chengdu shaharlarida yangi stadionlarni qurish olib borilmoqda. Dalyan bilan Ksingdaoda shu yilning oktyabridan boshlab o'yingoh qurilishiga start beriladi.

"2023 yilgi Osiyo Kubogi o'zgacha ruhda o'tadi. Biz o'z stadionlarimiz bilan hammani lol qoldiramiz", - deydi musobaqa tashkilotchilaridan biri Shi Ksiang. 

Ma'lumot uchun, navbatdagi Osiyo Kubogida ham 24 terma jamoa ishtirok etadi. Xitoy esa 2004 yildan beri mazkur musobaqaga ikkinchi bor mezbonlik qiladi. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com