O'rtoqlik uchrashuvi. Xitoy U-22 - O'zbekiston U-22 - 0:0

Narzulla Saydullayev
24 iyun 2014, 18:36
Shuhrat Maqsudov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi bugun Xitoy U-22 yoshlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi va 0:0 hisobida durang o'ynadi.
Xitoyning Shanxay shahrida navbatdagi yig'inini o'tkazayotgan O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi 21 iyun kuni ushbu raqib bilan ilk o'yinni o'tkazgandi. O'sha bahsda Igor Sergeevning urgan goli yoshlarimizga g'alaba keltirgandi.

Bugun bo'lib o'tgan ikkin o'yinda O'zbekiston ham, Xitoy ham gol ura olmadi - 0:0.

Eslatib o'tamiz, Shuhrat Maqsudov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-22 terma jamoasi 18 iyun kuni o'zining navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Xitoyning Shanxay shahriga uchib ketgan edi. Terma jamoa bosh murabbiyi mazkur yig'inga jami 23 nafar futbolchini jalb etgan.

O'rtoqlik uchrashuvi. 24 iyun.
XITOY (U-22) – O'ZBEKISTON (U-22) – 0:0

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia