O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston U19 - Yaponiya U19 - 2:3

Narzulla Saydullayev
5 sen 2013, 19:50
Toshkentdagi "Jar" stadionida O'zbekiston va Yaponiya yoshlar jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Ushbu sahifada o'yinning asosiy vaziyatlari va hisobini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida belgilangan jarima to'pini Mirjamol Qosimov amalga oshirdi. Uzatib berilgan to'pni Igor Rogovanov boshi bilan darvozani ishg'ol qildi - 1:0.

25-daqiqada Mahsud Mahmudovning aqlli pasidan so'ng Igor Rogovanov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib ikkinchi bor gol urdi - 2:0.

Dastlabki bo'limda boshqa gol urilmadi.

Ikkinchi bo'lim davom etmoqda. 61-daqiqada yaponiyaliklarning tezkor hujumi gol bilan yakunlandi. Chap qanotdan tashkil etilgan hujum vaqtida Abbos Otaxonov kutilmaganda to'pni o'z darvozasiga to'g'irlab yubordi - 2:1.

81-daqiqada raqiblar hisobni tenglashtirishdi. O'ng qanotdan oshirib berilgan to'pni Shota Kaneko osonlik bilan darvozani ishg'ol qildi - 2:2. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda yaponlar uchinchi golni ham urishga erishishdi - 2:3. O'yin mana shu hisob bilan tugadi.

Eslatib o'tamiz, shu jamoalar o'rtasidagi ikkinchi o'yin 8 sentyabr kuni "Jar" stadionida soat 10:00da bo'lib o'tadi.


O'zbekiston U19 - Yaponiya U19 - 2:3 (2:0)
Gollar:
Igor Rogovanov 3, 25 - Abbos Otaxonov 63 avtogol, Shota Kaneko 81, Ogava 90.
O'zbekiston U19: 21.Sherzodbek Abduraimov, 2.Azizbek Mamazoitov, 3.Abbos Otaxonov, 4.Mirjamol Qosimov (8.Bobur Davlatov, 70), 6.Mahsud Mahmudov (7.Sardor Azimov, 80), 9.Igor Rogovanov (18.Andrey Sidorov, 80), 11.Asliddin Abdiev (10.Eldor Shomurodov, 53), 13.Doston Shabonov (5.Hojiakbar Haydarov, 65), 17.Narimon Hasanov (16.Durbek Kamolov, 46), 19.Zabihillo O'rinboev, 20.Ulug'bek Xudoyberdiev.
Ogohlantirish: Mahsud Mahmudov 79.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia