O'rtoqlik uchrashuvi. "Olmaliq" - "So'g'diyona" 0:1

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2016, 22:50
Bugun "Olmaliq" navbatdagi nazorat o'yinini o'tkazdi.

Bu galgi raqib Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi bo'ldi. Uchrashuvning 4-daqiqasida Jamshid Hasanov urgan gol jizzaxliklarga g'alaba keltirdi.

O'yinda "Olmaliq" quyidagi tarkibda maydonga tushdi.

"Olmaliq": Umid Xonimqulov, Xurshid Muxtorov, Evgeniy Gogol, Saidkomil Akbarov, Ruslan Vagapov, Shohnazar Norbekov, Muhammad Isaev, Diyor Turopov, Zohir Pirimov, Otabek Valijonov, Timur Usmonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Umid Xonimqulov, Islom Inomov, Kenja To'raev, Doston Abdurahmonov, Mo'ydin Mamazulumov, Murod Rajabov, Doniyor Ismoilov.

Kichik jarohat sabab Abduqahhor Hojiakbarov va Arslonmurod Amanov bu bahsda ishtirok etmadi.

O'yin yakunlangach, Kenja To'raevga javob berildi. Avvalroq bo'lib o'tgan "Obod" bilan nazorat o'yinidan so'ng, Sardor Rasulov va Shahboz Jumaboev ham jamoani tark etgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz