“Oq-tepa”. Yosh “metalsozlar”ga yutqazdik

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2016, 14:13
Hozirgina “Oq-tepa” – “Metallurg” o'rinbosarlari o'rtasidagi bellashuv yakunlandi.

Jamoamiz murabbiylar shtabi mazkur uchrashuvda asosan yosh o'yinchilarni maydonga tushirdi. Tengma-teng kechgan o'yinda mehmonlar g'alaba nashidasini surdi. Odil Isaboev murabbiyligidagi yosh “metalsozlar” ikkinchi bo'limda urilgan yagona gol evaziga g'olib bo'ldi. 


O'rtoqlik uchrashuvi

OQ-TEPA – METALLURG (o'rinbosarlar) – 0:1 (0:0)

27 yanvar. Toshkent. “Oq-tepa” stadioni.

Bosh hakam: Vadim Agishev.

Gol: Zufar Akbaraliev. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: oq-tepa.uz