"Oq-tepa": “Spartak” bilan nazorat uchrashuvini o'tkazdik

Narzulla Saydullayev
1 fev 2014, 15:15
"Oq-tepa" bugun navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Toshkentning “Spartak” jamoasiga qarshi uchrashuvda bosh murabbiy Aleksandr Tokov ko'rikdan o'tayotgan yoshlarni sinovdan o'tkazdi. Tabiiyki, bu natijaga o'z ta’sirini o'tkazmasdan qolmadi.

Hisob "Oq-tepa" futbolchilari tomonidan ochildi. Murod Axatovning goliga mehmonlar uchta to'p bilan javob qaytarishdi. Qorli maydonda kechgan og'ir uchrashuvda hisob 1:3 ko'rinishini oldi, “Spartak” foydasiga.

Nazorat uchrashuvi
“OQ-TEPA” – “SPARTAK” – 1:3 (1:2)
1 fevral. Toshkent. “Oq-tepa” stadioni.
Bosh hakam
: Suhrob Sattorov.
Gol: Murod Axatov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz