Oliy liga. Bugungi ikkita uchrashuv matnli translyatsiya qilinadi

Tolibjon Qosimov
1 may 2015, 17:09
Bugun Oliy liga 7-turiga start beriladi.
Dastlab Qarshidagi "Markaziy" stadionda turning eng asosiy qarama-qarshiligi "Nasaf" hamda "Lokomotiv" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tsa, Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida esa "Paxtakor" Namanganning "Navbahor" klubini qabul qiladi.

Qarshidagi bellashuv 18:30 da boshlansa, Toshkentdagi o'yinga 19:30 da start beriladi. Har ikkala uchrashuv ham saytimiz orqali matnli translyatsiya qilinadi.

Oliy liga bellashuvlarini biz bilan birga kuzatib boring.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia