Bu o'yinda mezbonlar himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev dublga erishdi. E'tiborlisi murabbiylar qaroriga ko'ra yarim himoyada o'ynayotgan To'xtaxo'jaev uchta o'yindan buyon gol urmoqda. 23-turda "Neftchi"ga qarshi o'yinda himoyachi mavsumdagi dastlabki (!) golini urdi. Keyingi turda G'uzorda "Sho'rtan"ga qarshi kechgan bahsda bir yo'la ikkita gol urishga erishdi. Yuqorida yozilganidek "Navbahor" darvozasiga ham ikkita to'p kiritildi.
2013 yilgi mavsumda ketma-ket ikkita o'yinda dublga erishish xolati ikki bor qayd etilgandi.
"Lokomotiv" hujumchisi Farhod Tojiev dastlabki uchta turda ikkitadan gol urgandi. "Bunyodkor" to'purari Oleksandr Pishur esa 6 va 7-turlarda dublga erishgandi. Agar "temiryo'lchilar" himoyachisi so'nggi turda ham dublga erishsa Farhod Tojievning mavsum rekordini takrorlaydi.
Ushbu mavsumda Islom To'xtaxo'jaev ketma-ket ikkita o'yinda dublga erishgan yagona himoyachi bo'lib tarixda qoladi. Sababi 25-turda boshqa hech qaysi himoyachi ikkita gol urmagan. Mavsum tugashiga esa bitta tur qoldi xolos.