Olamsport.com: Sport xabarlari (25 mart)

Narzulla Saydullayev
26 mar 2015
Saytimiz hamkori hisoblangan Olamsport.com saytida chiqqan eng sara xabarlar bilan tanishing.
Istomin 146-o'rindagi tennischiga yutqazib qo'ydi

AQSHning Florida shtati Mayami shahrida tennis bo'yicha ham ayollar, ham erkaklar o'rtasida “Masters” seriyasiga kiruvchi yirik turnirlarning asosiy to'r bahslari davom etyapti. Batafsil

Sharipova Bangkokda chorak finalga chiqdi

Turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan Sharipova ilk davrada britaniyalik Garriet Dartni 3:6, 6:4, 6:3 hisobida taslim etgandi. Kecha u chorak finalga chiqish uchun tailandlik Nudnida Luangnamni ham uch setda mag'lubiyatga uchratdi. Batafsil



Poccovivo “Vuelta Kataloniya”ning 3-bosqich g'olibi

Italiyalik velopoygachi Domeniko Poccovivo haftalik “Vuelta Kataloniya” musobaqasining 3-bosqich g'olibiga aylandi. Batafsil

Mourinyo dunyoning boy murabbiylari ro'yxatida birinchi!

Fransiyaning dunyoga mashhur France Football nashri futbolchilardan so'ng endi 2014 yili eng ko'p daromad ko'rgan murabbiylarning ham reytingini e'lon qildi. TOP-10 reytingini “Chelsi” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo boshqarib turibdi. Batafsil

Dzyudochilarimiz Turkiya Gran-Prisiga tayyorgarlik ko'rmoqda

27-29 mart kunlari Turkiyaning Samsun shahrida dzyudo kurashi bo'yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi yirik xalqaro turnir o'tkaziladi. Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 70 davlatidan 566 nafar sportchi (360 nafar erkak – 206 nafar ayollar) jami 14 vazn toifasida g'oliblik uchun bellashadilar. Batafsil

Juftlikda Sabina Sharipova yarim final ishtirokchisi

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Tailand poytaxti Bangkok shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 15 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnir o'tkazilmoqda. Batafsil

Jo'rabek Karimov Namangan turnirining chorak finalida

Namangan shahridagi “Do'stlik” kortlarida tennis bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi uchinchi toifaga kiruvchi “Fyuchers” xalqaro turnirining asosiy to'r bahslarida chorak final ishtirokchilari ma'lum bo'ldi. Batafsil

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com