Olamsport.com: Sport xabarlari (24 mart)

Narzulla Saydullayev
25 mar 2015
Saytimiz hamkori hisoblangan Olamsport.com saytida chiqqan eng sara xabarlar bilan tanishing.
Jo'rabek Karimov Namangan turnirining 2-davrasida

Namangan shahridagi “Do'stlik” kortlarida tennis bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi uchinchi toifaga kiruvchi “Fyuchers” xalqaro turnirining asosiy to'r bahslarida ikkinchi davra ishtirokchilari ma'lum bo'ldi. Batafsil

Sharipova Bangkokdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 15 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslarida ikkinchi davra ishtirokchilari ma'lum bo'ldi. Ushbu musobaqada ikki nafar tennischimiz ishtirok etyapti. Batafsil

Juftlikda Sabina Sharipova chorak finalga chiqdi

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Tailand poytaxti Bangkok shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 15 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnir o'tkazilmoqda. Batafsil


Yusupova, Saidxo'jaeva va Bahodirovada g'alaba

Namangan shahridagi “Do'stlik” kortlarida tennis bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi uchinchi toifaga kiruvchi “Fyuchers” xalqaro turnirining asosiy to'rida ikkinchi davra ishtirokchilari ma'lum bo'ldi. Ushbu xalqaro musobaqada 18 yoshgacha bo'lgan istedodli tennischi qizlar ham ishtirok etyapti. Batafsil



Gimnastikachilarimiz jahon Kubogiga hozirlik ko'rishyapti

Badiiy gimnastika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zolari jahon Kubogining navbatdagi bosqichida ishtirok etishadi. Terma jamoamiz tarkibida Elizaveta Nazarenko, Anastasiya Serdyukova singari yetakchi sportchilarimiz bor. Batafsil


Meyvezer – Pakyao jangi chiptalari sotuvidan 74 mln dollar topiladi

Floyd Meyvezer va Menni Pakyao o'rtasida 2 may kuni bo'lib o'tadigan jangni bevosita arenada tomosha qiluvchi muxlislarga sotilgan chiptalarning umumiy qiymati 74 million dollarni tashkil qiladi. Bu boks tarixida rekord hisoblanadi. Batafsil


Baydarka va kanoe. O'zbekiston chempionati qizg'in pallada

Toshkent dengizida 1997-1998 yillarda tavallud topgan o'smir-yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bahslari boshlandi, deb xabar bermoqda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati. Batafsil


Bugun Istomin Mayamida Krayekka qarshi kortga chiqadi

AQSHning Florida shtati Mayami shahrida tennis bo'yicha ham ayollar, ham erkaklar o'rtasida “Masters” seriyasiga kiruvchi yirik turnirlarning asosiy to'r bahslari boshlandi. Mukofot jamg'armasi 6,157,160 dollardan iborat musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etadi. Batafsil

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com