

Quyida Qatar o'z jamoasini qay tariqa tanishtirgani haqida ma'lumot beramiz. Musobaqani yoritib borish maqsadida Dohaga kelgan OAV uchun Qatar olimpiya terma jamoasi haqida batafsil ma'lumot beruvchi maxsus jurnal chiqarilgan.

Uchinchi sahifada Qatar futbol federatsiyasi prezidenti Hamad Bin Halifa Bin Ahmad Al-Tani haqida ma'lumot berilgan.

4-5 sahifalarda Qatar olimpiya terma jamoasi haqida ma'lumot berilgan.

6-7 sahifalarda 2014 yil Myanmadagi U-19 Osiyo chempionatida chempion bo'lgan Qatar yoshlar terma jamoasi haqida yozilgan.

8-9 sahifalarda terma jamoaning tayyorgarlik jarayoniga to'xtalib o'tilgan.

10-11 sahifalar terma jamoa sardori va yetakchisi Abdulkarim Hassanga bag'ishlangan. Esingizda bo'lsa, aynan mana shu futbolchi o'tgan mavsum “Al-Sadd” tarkibida OCHL bahsida “Lokomotiv”ga qarshi Dohada kechgan o'yinda Mamur Ikromov qo'riqlagan darvozani chamasi 40 metrlardan aniq nishonga olgan edi.

12-13 sahifalarda Qatar olimpiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ahmad Moen haqida ma'lumot keltirilgan.

14-15 sahifalarda jamoa hujumchisi Akram Afif haqida so'z boradi.

16-17 sahifalarda Qatar olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi ispaniyalik Feliks Sanches haqidagi ma'lumotlar bilan to'ldirilgan.

18-19 sahifalarda U-23 Osiyo chempionatining to'liq taqvimi bilan tanishishingiz mumkin.

20-21 va 22-23 sahifalarda o'yinlar o'tkaziladigan to'rtta stadion haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

24-25 sahifalarda 2022 yil Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati uchun quriladigan yangi stadion loyihasining surati joy olgan.

26-27 sahifalarda Qatar olimpiya terma jamoasi tarkibidagi o'yinchilar haqidagi ma'lumotlar keltirib o'tilgan.

Tolibjon Qosimov
Doha, Qatar



