

23 oktyabrga qadar davom etadigan tashrif doirasida Elnur Mammadov O'zbekiston Futbol Federatsiyasining Marketing boshqarmasi boshlig'i Baxtiyor Mametov bilan birgalikda O'zbekiston chempionati Oliy liga klublarining stadionlarini ko'zdan kechiradi. Baholash tashrifi asosida O'FFning marketing bo'yicha strategik rejasi ishlab chiqiladi.
To'g'ri yo'lga qo'yilgan marketing strategiyasi rivojlangan va muvaffaqiyatli federatsiyalar va futbol ligalarining muhim qismlaridan biri sanaladi. O'zbekiston Futbol Federatsiyasi rahbariyati ushbu masalaga jiddiy e'tibor qaratib, jahondagi yetakchi futbol ligalarining eng muvaffaqiyatli uslublarini asos sifatida oladi.



