OFK licenziyasidan O'zbekistonning to'rtta klubi o'ta olmadi

Xayrulla Xoliqov
20 dek 2017, 16:28
OFK Osiyo chempionlar ligasi hamda OFK Kubogida ishtirok etish uchun licenziyadan o'tgan klublar ro'yxatini e'lon qildi.

Ma'lumot uchun, bu yil bizdan 17ta klub licenziyalash bo'yicha hujjatlarni OFKga taqdim etgandi, 13ta jamoa bundan muvaffaqiyatli o'tdi. Shuningdek, to'rtta klub o'ta olmadi.

OFK licenziyasidan o'tgan klublar: "Lokomotiv", "Nasaf", "Paxtakor", "Bunyodkor", "Buxoro", "Qo'qon-1912", "Mashal", "Olmaliq", "Metallurg", "Dinamo", "Neftchi", "Navbahor" va "Cementchi".

OFK licenziyasidan o'ta olmagan klublar: "Qizilqum", "So'g'diyona", "Obod" va "Sho'rtan".

Ko'rib turganingizdek, bu yil oliy ligada o'ynagan to'rtta klub o'ta olmadi. Aksincha, birinchi ligada ishtirok etgan "Cementchi" licenziya shartlarini to'g'ri bajargan. "Obod"ning o'ta olmasligi tayin edi. Ammo nima sababdan "Qizilqum", "So'g'diyona", "Sho'rtan" kabi klublarning o'ta olmagani bizga ma'lum emas.



O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com