OFK Chaqiruv kubogi. Qo'shnilarimiz bosh sovringa ega chiqishdi

Khoja
11 may 2025
Kecha OFK Chaqiruv kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda Turkmanistonning “Arkadag“ jamoasi Kambodjaning “Svayrieng“ klubiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Ekstra bo'limlarda esa qo'shnilarimiz futbolchisi Annadurdiev raqib darvozasiga gol urdi va jamoasiga g'alaba taqdim etdi.

Shu tariqa Turkmaniston klubi ilk bor xalqaro turnirda zafar quchdi.

OFK Chaqiruv kubogi. Final

Svayrieng - Arkadag 1:2

10 may, Svayrieng Steduim

Gollar: Saret (82) - Safarov (59), Annadurdiev (112).

 


KhojaMuallif
Manba: AFC.com