OFK “Bunyodkor”ga OCHL-2014ning maxsus to'plarini yubordi

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2014, 10:32
Osiyo Futbol Konfederatsiyasining tijorat va marketing ishlari bo'yicha hamkori – WSG (World Sport Group) “Bunyodkor” futbol klubi uchun 2014 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining maxsus to'plaridan 45 dona yubordi.
“Nayk” firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan to'plarning dizayni ko'pchilikka maqul kelishi turgan gap.

Ushbu 45ta to'p quyidagi ko'rinishda foydalanilishi kerak: 15 dona jamoa mashg'ulotlari uchun, 10 donadan guruh bosqichidagi uchta uy uchrashuvi uchun.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com