O'FF yangi prezidenti - Umid Ahmadjonov FOTO

Tolibjon Qosimov
12 sen 2017, 10:44
Bugun O'zbekiston Futbol Federatsiyasining hisobot va saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

O'FF nizomiga ko'ra Toshkent shahar futbol federatsiyasi tomonidan birgina nomzod ilgari surildi. Bu Umid Ahmadjonov edi. Konferenciya ishtirokchilari bir ovozdan bu nomzodni qo'llab quvvatlashdi.

Unda O'FFning yangi prezidenti nomi e'lon qilindi. Shu kunga qadar O'zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi Raisi o'rinbosari va "Paxtakor" klubi vice-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Umid Axmadjonov O'zbekiston Futbol Federatsiyasining yangi prezidenti sifatida e'lon qilindi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia