20 avgust kuni Terma jamoalar markazida mintaqaviy selekcionerlarining navbbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda respublikaning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan selekcioner murabbiylar va mintaqa koordinatorlari ishtirok etdi. Yig'ilishda, mintaqalarda olib borilayotgan selekciya ishlari hamda milliy terma jamoalarga iqtidorli futbolchilarni tayyorlab berishda olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Yig'ilishda so'zga chiqqan Terma jamoalar texnik direktori, professor Rustak Akramov bevosita mintaqalarga biriktirilgan selekcionerlarning faoliyati haqida haqida to'xtalib o'tdi va iqtidorli futbolchilarning o'smirlar terma jamoalariga jalb etilishida aynan selekiconer murabbiylarning hissasi katta ekanligini ta'kidladi
Iqtidorli futbolchilarning o'smirlar terma jamoalariga jalb etilishida joylarda faoliyat olib borayotgan selekcionerlarning o'rni katta. O'z navbatida selekcioner murabbiylar ham terma jamoa murabbiylari bilan munosabatlarni yaxshi yo'lga qo'yishi va iqtidorli futbolchilarni milliy terma jamoa ko'riklariga o'z vatqida tashrif buyurishiga yordam berishlari zarur. Terma jamoalar markazi bu borada mintaqlardagi selekcionerlarga barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor, - deydi Akramov.
Ma'lumot o'rnida, 24-25 iyun kunlari Toshkent shahrida 1998-99 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida respublika mintaqaviy turniri o'tkazilgan edi. Unda respublikamizning barcha viloyat terma jamoalari ishtirok etishdi. Ushbu turnirda muvaffaqiyatli qatnashgan va o'zlarini ko'rsata olgan bir qator iqtidorli futbolchilar 1998 yilgacha tug'ilgan futbolchilardan tashkil topgan O'zbekiston o'smirlar (U-16) terma jamoasi ko'rigida bo'lishdi. Ulardan 5 nafari esa, ayni damda Temur Olimxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi tarkibiga jalb etilgan.