

30 sentyabr sanasidan e'tiboran boshlangan bu galgi seminar 5 oktyabr kuniga qadar davom etishi ko'zda tutilgan. Unda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi texnik direktori Shovkat Imamov ham ishtirok etmoqda.
Seminar davomida a'zo futbol assotsiatsiyalari ish faoliyatini tashkil etishda e'tibor qaratiladigan muhim jihatlar bo'yicha maruzalar olib boriladi. Qolaversa, texnik direktorlar uchun ushbu sohadagi so'nggi yangilik va zamonaviy bilimlar bo'yicha zarur ko'nikmalar taqdim etiladi.



