O'FA Karlos Keyrush bilan muzokara o'tkazmoqda

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2018, 16:38
O'zbekiston terma jamoasini portugaliyalik murabbiy boshqarishi mumkin.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi Eron terma jamoasini 2018 yilgi Jahon chempionatiga olib chiqqan Karlos Keyrush bilan muzokara o'tkazmoqda. Oldinroq Umid Ahmadjonov O'zbekistonga o'z terma jamoasini Jahon chempinatiga olib chiqqan murabbiy kelishi haqida aytib o'tgandi.

6 fevral kuni Umid Ahmadjonov Dubayga borib yangi murabbiy bilan so'nggi muzokarani o'tkazishi haqidagi xabarlar chiqqandi.

Keyrushning Eron bilan tuzgan shartnomasi yozda tugaydi. Har qanday murabbiy shartnomasiga tugashiga 6 oy qolganida boshqa jamoa bilan muzokara o'tkazishga haqli.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia