Odil Ahmedov Osiyo Kubogida qatnashadi!

Narzulla Saydullayev
26 noya 2014, 17:59
Hozirgina futbolchimizning o'zi bizga xabar qilishicha, u Osiyo chempionatiga qadar jarohatidan to'liq forig' bo'ladi.
"Hammasi yaxshi o'tdi. Bugun so'nggi tekshiruvdan o'tdim va shifokorlar 2 haftadan so'ng yana yashil maydonga qaytishim mumkinligini aytishdi. Nasib qilsa, terma jamoamizning BAAda o'tkazadigan ikkinchi yig'inida to'liq kuch bilan qatnashaman. O'z navbatida menga sog'liq tilab turganlarga katta rahmat aytmoqchiman", - deydi Odil Ahmedov  "championat.asia"ga.

Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi "Krasnodar"- SSKA uchrashuvining birinchi bo'limida jarohat olib maydonni erta tark etishga majbur bo'lgan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia