
G'alaba uchun maydonga tushgandik. Lekin natijada mag'lub bo'ldik. Qarshi hujumlarda raqiblarni o'tkazib yubordik. O'ylashimcha, natija haqqoniy bo'ldi. Biz ko'p hujumlar uyushtirdik, lekin imkoniyatlardan foydalanishda oqsadik. Qolgan o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. O'yin jihatidan olib qaraganda, raqibga yutqazmayapmiz. Ammo o'zimiz uchun kerakli natijani qo'lga kiritish nasib etmayapti.