Odil Ahmedov bugun "Krasnodar" bilan shartnoma tuzadi

Narzulla Saydullayev
9 iyun 2014, 11:43
O'zbekistonlik yarim himoyachi faoliyatini "Krasnodar"da davom ettirishga yaqin.
"Anji" Rossiya premer-ligasini tark etganidan so'ng Ahmedovning boshqa klubga o'tishi haqida xabarlar chiqqandi. Rus matbuoti uning Moskvaning SSKA klubiga o'tishi haqida xabar bergandi.

Odil Ahmedov bugun katta ehtimol bilan Yevropa ligasiga yo'llanma olgan "Krasnodar" klubi bilan shartnoma tuzadi.

Ma'lumot uchun, O'zbekistonning ikki karra eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Ahmedov 2011 yildan buyon "Anji" sharafini himoya qilib keldi. 2013 yil u klub safida Rossiya chempionati bronza medali sohibi va Rossiya kubogi finalchisi bo'ldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia